Главная » 2016 » Октябрь » 26 » 28-oktabr kuni xonanda Prinsning dala hovlisida muzey ochiladi
12:06

28-oktabr kuni xonanda Prinsning dala hovlisida muzey ochiladi


Taniqli amerikalik xonanda va bastakor, shu yili olamdan o‘tgan Prinsga tegishli dala hovlida 28-oktabr kuni doimiy asosda ishlaydigan muzey ochiladi. Bunday qarorga xonandaning ona shahri — Minneapolis (Minnesota shtati) yaqinidagi Shanxassen shahri kengashi keldi, deb xabar beradi “TASS”.

Bu oyda Prinsning uy-muzeyiga faqat uch kun davomida kirish mumkin bo‘ladi. Shanxassen meri Denni Lofenberg Star Tribune’ga bergan bayonotida shahar kengashining qaroridan xursandligini bildirdi, negaki uy-muzey mahalliy aholiga ulkan foyda keltiradi.

Muzeyga yiliga 600 ming kishi tashrif buyurishi kutilmoqda, bu esa shaharning jamoat transporti hamda tartibni saqlash tizimida aks etadi. Shu bois kengash jamoatchilik bilan kichik shaharda turistik obyekt ochish ne qadar to‘g‘ri bo‘lishini muhokama qilish maqsadida ochilish marosimini biroz ortga surdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: muzey, Prins | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя