Главная » 2020 » Июль » 3 » 29-o‘lim. Toshkentlik 77 yashar ayol koronavirusdan vafot etdi
23:31

29-o‘lim. Toshkentlik 77 yashar ayol koronavirusdan vafot etdi


Bugun, 3 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu mamlakatdagi 29 o‘lim holati bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkentda yashovchi 77 yoshli N. G. shu yilning 7 iyunidan 16 iyungacha Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida  yurak ishemik, gipertoniya, qon aylanish yetishmovchiligi, o‘ng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘pka shishi tashxisi bilan davolangan.

Shu yilning 23 iyun kuni unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

U oxirgi 10 yil davomida  yurak ishemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi qator tashxislar bilan davolanib kelgan.

Bemorga (ayol)  Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha  bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Shu yilning 2 iyul kuni standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor  o‘tkir yurak qon-tomir va o‘pka yetishmovchiligidan  vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 29-o‘lim, 77 yashar ayol, koronavirusdan vafot etdi, Toshkentlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя