Главная » 2020 » Сентябрь » 29 » 29 sentyabr. Bugun qanday kun ekanligini bilasizmi?
15:38

29 sentyabr. Bugun qanday kun ekanligini bilasizmi?


BMT ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining uchdan bir qismi isrof qilinadi yoki tayyorlash jarayonida chiqitga chiqadi. 

Rivojlanayotgan mamlakatlarda mahsulotlarning 40 foizi hosil o‘rim-yig‘imida yoxud sanoat  korxonalarida nobud bo‘ladi. Rivojlangan davlatlarda esa, sotib olingan oziq-ovqatlarning 40 foizi chiqindiga tashlanadi. 

2019 yil 19 dekabrda BMT Bosh assambleyasining 52-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyusiyasiga binoan, har yilning 29 sentyabr sanasi Oziq-ovqatni isrof qilishga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. 

Joriy yilda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu sananing maqsadi butun dunyoda isrofgarchilikning oldini olish, ne’matlarning qadriga yetishni keng miqyosda targ‘ib qilishdan iborat. 


Manba: "aniq.uz"
| Теги: ekanligini, sentyabr, Kun, bilasizmi, Bugun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя