Главная » 2020 » Декабрь » 27 » 29 yoshli yigit elfga o‘xshab ko‘rinishi uchun 32 ta plastik operasiya o‘tkazdi (foto)
15:34

29 yoshli yigit elfga o‘xshab ko‘rinishi uchun 32 ta plastik operasiya o‘tkazdi (foto)


Argentinalik 29 yoshli Luis Padron elfga o‘xshab ko‘rinishi uchun 32 marta plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.

Ma’lum bo‘lishicha, avval u burnini, so‘ngra quloq shaklini, keyin esa 6 marta ko‘z rangini o‘zgartirgan.

Ta’kidlanishicha, Padron bolaligida fantastik janrdagi kitoblar va filmlarni yaxshi ko‘rgan. O‘smirlik paytida esa sochlarini g‘ayrioddiy ranglarga bo‘yab, linzalar taqqan, shuningdek, maxsus bo‘yanish ishlarini amalga oshirgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan argentinalik bu unga yetarli emasligini tushungan va plastik jarroh stoliga yotgan.

Xabar qilinishicha, 2021 yilda yigit yana bir nechta jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Luis Padronning yuzi ayni paytda taxminan yuz ming AQSh dollariga teng.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: elfga, (Foto), operasiya, Yigit, Plastik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя