Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » 2 kishi cho‘chqa grippi bilan kasallangani aniqlandi
10:39

2 kishi cho‘chqa grippi bilan kasallangani aniqlandi


Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 2 kishining cho‘chqa grippi bilan kasallangani qayd etildi. Bu haqda “Regnum.ru” xabar beradi.
 
Rossiya inson salomatligi va iste’molchi huquqlari himoyasini nazorat qilish federal xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, oktabr oyida Sverdovsk viloyatida 1,5 milliondan ortiq fuqaro cho‘chqa grippiga qarshi emlangan. Bu O‘rta Uraldagi jami aholining 36 foizi demakdir.
 
Ayni vaqtda kasallik tufayli viloyatning 4 ta munisipalitetida epidemiologik nazorat 1,3 marta oshirilgan.
 
Shuningdek, Sverdovsk viloyatidadagi 4 ta maktabda darslar to‘xtatilgan. 63 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida jami 78 ta guruh yopildi.
 
Eng yomoni, 44 hafta mobaynida pnevmaniya bilan kasallanish 2,1 foizga oshgani aniqlandi.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: kasallangani aniqlandi, bilan, cho‘chqa grippi, 2 kishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя