Главная » 2020 » Октябрь » 31 » 2 noyabr kuni Yerga asteroid yaqinlashadi. U qanchalik xavfli?
17:01

2 noyabr kuni Yerga asteroid yaqinlashadi. U qanchalik xavfli?


NASA dushanba kuni Yerga minimal masofada yaqinlashishini taxmin qilayotgan potensial xavfli asteroid 2018 VP1 atmosferada yonib ketishi mumkin. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Amaliy matematika instituti ilmiy xodimi, astronom Leonid Yelenin ma’lum qildi.

"Asteroidning kattaligi atigi bir necha metrni tashkil etadi. Agar u eng keng tarqalgan tosh asteroid bo‘lsa, u atmosferada yonib ketadi", dedi manba.

Olimning aniqlik kiritishicha, ushbu xulosalar astronomlar uchun mavjud bo‘lgan ob’ekt trayektoriyasi haqidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Astronomlarga yangi hisob-kitoblar uchun hali mavjud bo‘lmagan qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilinadi.

"Bu haqda yangi ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun ham yangi hisob-kitoblar mavjud emas. Uning o‘tishidan oldin (Yerdan minimal masofada) biron bir narsa paydo bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas", deya xulosa qildi u.

2018 VP1 asteroidi 2018 yilning noyabr oyida Amerika Palomar observatoriyasida avtomatlashtirilgan ZTF teleskopi tomonidan kashf etilgan. U diametri ikki metr bo‘lgan Yerga yaqin oddiy asteroid hisoblanadi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: xavfli, Asteroid, yaqinlashadi, Yerga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя