Главная » 2021 » Май » 24 » 30 kishini yeb qo‘ygan odamxo‘r pensioner ushlandi
10:32

30 kishini yeb qo‘ygan odamxo‘r pensioner ushlandi


Meksika politsiyasi 30 qotillikda ayblanayotgan 72 yoshli erkakni hibsga oldi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, nafaqaxo‘r o‘z qurbonlarini yeb qo‘ygan, deya xabar bermoqda El Pais.

Gazetaning yozishicha, qotil Atisapan-de-Saragosa munitsipalitetida 13 may kuni g‘oyib bo‘lgan 34 yoshli Reyna Rodrigesning o‘limidan so‘ng qo‘lga olingan.

Meksikalikning uyini tintuv qilish paytida ko‘plab odam qoldiqlari topildi. Politsiya u qurbonlarining go‘shtidan bir qismini iste’mol qilgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilmoqda. Shuningdek, uydan o‘ldirilganlarning hujjatlari va shaxsiy buyumlari chiqdi. Bundan tashqari, o‘ndan ortiq qotilliklar haqida ma’lumotlar topildi.

Politsiya Reyna Rodriges ham manyak qurboniga aylangan deb hisoblaydi. U qo‘shni bo‘lib yashagan va uyali aloqa do‘koniga egalik qilgan. Nafaqaxo‘r uning yoniga tez-tez kelib, ovqat olib kelardi. Ayolni oxirgi marta qotilning oldiga borganida ko‘rishgan.

Odamxo‘r so‘nggi 20 yil ichida 30 tacha qotillikni amalga oshirganini tan oldi. Jabrlanganlarning aniq soni DNK tekshiruvidan so‘ng aniqlanadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: pensioner, yeb, odamxo‘r, ushlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя