Главная » 2018 » Январь » 29 » 30-yanvar kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘ishi mumkin
21:34

30-yanvar kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘ishi mumkin


30-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7—9, kunduzi 0—2 daraja sovuq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 15—20, kunduzi 5—10, Ustyurt bo‘ylab kechasi 20—25, kunduzi 10—15 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 10—15, kunduzi 0—5, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 15—20, kunduzi 5—10 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7—12, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 7—12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5—10, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 13—18, kunduzi 3—8 daraja sovuq bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qor, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя