Главная » 2018 » Сентябрь » 1 » 31-avgustdan O‘zbekistonda 5 kunlik dam olish kunlari boshlanadi
12:36

31-avgustdan O‘zbekistonda 5 kunlik dam olish kunlari boshlanadi


O‘zbekistonda 31-avgustdan Mustaqillik bayrami munosabati bilan e’lon qilingan 5 kunlik dam olish kunlari boshlanadi. Bu haqda huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

5 kunliklar uchun ketma-ket 5 kun, 6 kunliklar uchun ketma-ket 3 kun dam olish kunlari boshlanadi”, — deyiladi xabarda.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (5 kun ketma-ket):

31 avgust – qo‘shimcha dam olish kuni;

1-sentabr – Mustaqillik bayrami;

2-sentabr – yakshanba;

3-sentabr – ko‘chirilgan dam olish kuni;

4-sentabr – ko‘chirilgan dam olish kuni.

Izoh: 8 va 15-sentabr – shanba kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (3 kun ketma-ket):

31-avgust – qo‘shimcha dam olish kuni;

1-sentabr – Mustaqillik bayrami;

2-sentabr – yakshanba.

Izoh: 3 va 4-sentabr (dushanba-seshanba) kunlari haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar uchun ish kuni bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Dam olish kuni, 31-avgust | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя