Главная » 2018 » Январь » 30 » 31-yanvar kuni Yer aholisi moviy superoyning shafaq rangda tutilishini ko‘rishi mumkin
20:10

31-yanvar kuni Yer aholisi moviy superoyning shafaq rangda tutilishini ko‘rishi mumkin


31-yanvar kuni ob-havo Oyga nazar tashlash imkonini beruvchi Yer aholisi bir yo‘la bir nechta noodatiy hodisa guvohi bo‘lishi mumkin, deb yozadi “MK.ru”.

Yerliklar oyning “qizil” tutilishi va “moviy Oy”, ya’ni bir oy davomidagi ikkinchi to‘lin Oyni ko‘rishi mumkin.

Astronomik hodisalarning har biri noyob hodisa hisoblanadi, biroq ular 1866-yilning martidan buyon bir kunga to‘g‘ri kelmagan.

Oy bugun Toshkent vaqti bilan 14:55 da Yerga eng yaqin masofa — 358994 kilometrga yaqinlashadi. To‘lin oy va oyning to‘liq tutilishi esa ertaga, 31-yanvar kuni 16:28 dan 20:11 gacha kuzatiladi.

To‘liq oy tutilishi vaqtida oy shafaq rangga kiradi. Bir oy ichida Oyning ikkinchi marta to‘lishi esa “Moviy” oy deb ataladi. Hozirgi holatda oy to‘lishi 2-yanvar kuni yuz bergan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 31-yanvar, moviy superoy, Yer aholisi, kuni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя