Главная » 2019 » Декабрь » 25 » 351 tonna! Bemorlarga tibbiyot gipsi o‘rniga qurilish gipsi ishlatilgan
16:15

351 tonna! Bemorlarga tibbiyot gipsi o‘rniga qurilish gipsi ishlatilgan


Ta’kidlanishicha, tibbiyot muassasalarida qonun talablari buzilib, so‘nggi ikki yilda (tibbiyot tizimiga e’tibor har qachongidan kuchaytirilgan bir davrda — tahr. izohi) O‘zbekistonda 277 mingta holatda gips qilish uchun tibbiyot gipsi o‘rniga 351 tonna (!) qurilish gipsidan foydalanilgan.

«Quruvchi-shifokorlar» faoliyati hududlar kesimida kuzatilganida Toshkent shahrida eng ko‘p — 48 tonna, Samarqandda — 43 tonna, Qashqadaryoda — 38, Namanganda — 36, Toshkent viloyatida — 35, Farg‘ona viloyatida — 30 tonna qurilish gipsi bemorlarga ishlatib yuborilgan!..

Holbuki, qurilish gipsini qo‘llash bemorlarda jarohat olgan suyakning siljishi, gips qo‘yilgan soha terisining shilinishi, teri allergiyasi kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Achinarlisi, buni shifokorlar boshqalardan ko‘ra yaxshiroq biladi!

Bundan ham yomoni, respublikamizda tibbiyot gipsi ishlab chiqaruvchi bironta ham korxona yo‘q, sog‘liqni saqlash vazirligi ham bunday tashabbus bilan chiqmagan...


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя