Главная » 2021 » Сентябрь » 6 » 39 yil komada yotgan futbolchining joni uzildi
23:41

39 yil komada yotgan futbolchining joni uzildi


Fransiyada 1982-yildan buyon komada bo‘lgan futbolchi Jan-Per Adams olamdan o‘tdi. Bu haqda 6-sentyabr kuni Fransiya professional futbolchilar milliy ittifoqi (UNFP) matbuot xizmati xabar berdi.

«Biz so‘nggi 39 yil davomida uning uchun qayg‘urgan oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, futbolchi 73 yoshida hayotdan ko‘z yumgan. 1982-yil mart oyida u operatsiya vaqtida tibbiy xatolik tufayli komaga tushib qolgan.

O‘sha kuni anesteziolog bir vaqtning o‘zida bir nechta operatsiyani nazorat qilgan va sportchiga yuborilishi kerak bo‘lgan dozani chalkashtirib yuborgan. Adamsni futbolchining ahvoli yomonlashganini sezmay qolgan stajyor kuzatib turgan, deb xabar beradi «Sport-Ekspress».

Jan-Per Adams — fransuz futbolchisi. 1948-yil 10-martda Dakar shahrida dunyoga kelgan. U «Nim», «Nitssa» va «PSJ» jamoalarida to‘p surgan. Fransiya terma jamoasi safida 20 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Futbolchining, komada, joni uzildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя