Главная » 2017 » Июль » 4 » 39 yoshli ayol kana chaqishi tufayli hayotdan ko‘z yumdi
17:21

39 yoshli ayol kana chaqishi tufayli hayotdan ko‘z yumdi


Qozog‘istonning Jambul viloyatida zaharli kana oqibatida o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda “Nur.kz” sayti xabar bermoqda.

Bayzak tumanida yashagan 39 yoshli ayolda Qrim-Kongo gemorragik isitma juda kech aniqlandi. Ayol shifoxonada oshqozonidagi og‘riqdan shikoyat qilgan. Shifokorlar uning oshqozon yarasi borligini aniqlashdi va bir necha kun davolashdi. Uni zaharli kana chaqqani esa keyinchalik ayon bo‘ldi.

Bemor ayolning salomatligi davolanishning 3-kuni yanada yomonlashdi. Shu kuni u ko‘p qon yo‘qotdi, shifokorlar esa buning oldini olishga ulgurishmadi. Natijada ayol vafot etdi.

Hozirda marhumaning barcha yaqinlari, jumladan, uning 5 farzandi, bemorga g‘amxo‘rlik qilgan 36 nafar tibbiyot xodimi Qrim-Kongo gemorragik isitma infeksiyasi bor deya gumonlanib, shifokorlarning qat’iy nazorati ostiga olingan.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tufayli, Ayol, kana chaqishi, hayotdan ko‘z yumdi, 39 yosh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя