Главная » 2016 » Ноябрь » 24 » 3 xil Go‘shtdan 3 xil STEYK
15:28

3 xil Go‘shtdan 3 xil STEYK


Baliq go‘shtidan...

Zarur masalliqlar: 2 bo‘lak baliq go‘shti, 2 osh qoshiq zaytun yog‘i, tuz, maydalangan rozmarin, qora murch.

Tayyorlanishi: Tuz, murch va rozmarinni aralashtirib, baliq go‘shti bo‘laklariga yaxshilab surting. Zaytun yog‘ini qizdirib, baliq go‘shti bo‘laklarini soling. Har ikkala tomonini 5 daqiqadan qovuring. Pishgach, folga (zar qog‘oz)ga o‘rab, 10 daqiqa qo‘ying. Keyin dasturxonga tortishingiz mumkin.

Mol go‘shtidan...

Zarur masalliklar: 300 gr. mol go‘shti, ziravorlar, tuz, murch.

Tayyorlanishi: Mol go‘shtini yupqaroq bo‘laklarga bo‘ling. Keyin bolg‘acha yordamida yaxshilab uring. Ziravorlar, tuz, murch sepishni unutmang. Quruq tovani qizdirib, go‘shtning Har ikkala tomonini 8 daqiqadan past olovda pishirib oling.  

Tovuq go‘shtidan...

Zarur masalliqlar: 300 gr. tovuq go‘shti, 1 dona tuxum, 50 gr. pishloq, ziravorlar, mayonez, tuz, murch.

Tayyorlanishi: Tovuq go‘shtini yupqaroq bo‘laklarga bo‘ling. Mayonez, tuxum va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni aralashtiring. Keyin tovuq go‘shti bo‘laklarini aralashmaga belab olib, ziravor, tuz, murch seping. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 20-30 daqiqada pishadi. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: 3 xil, STEYK, go‘sht | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя