Главная » 2020 » Май » 5 » 47 nafar: Farg‘onada 3 yashar bola koronavirusni yengdi
18:37

47 nafar: Farg‘onada 3 yashar bola koronavirusni yengdi


Farg‘ona viloyatda bir yo‘la 47 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 11 nafari Rossiyada bo‘lib qaytgan, yana 11 nafari esa Turkiyadan charter reysida Farg'onaga olib kelingan va karantinga olingan. Yana 1 nafar fuqaro Qirg‘iziston Respublikasidan kirib kelgan. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 24 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 36 nafari Farg'ona viloyatidan, 6 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, Navoiy, Samarqand viloyatlari va qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan 1 nafardan bemor butunlay sog‘aygan. Ularning 31 nafari erkak, 16 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 86 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshli bola.

Eslatib o‘tamiz, viloyatda koronavirus infeksiyasidan ayni paytda 131 nafar bemor butunlay sog‘aydi.

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 96 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1501 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirusni yengdi, Farg‘onada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя