Главная » 2017 » Июль » 31 » 4 avgust kuni O‘zbekistonda do‘l yog‘ishi kutilmoqda
21:15

4 avgust kuni O‘zbekistonda do‘l yog‘ishi kutilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 4 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi haqida ma’lum qildi. Samarqand va Namangan viloyatlarida esa do‘l kutilayotganligi xabar qilinmoqda.

“4 avgust kuni ob-havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, respublika hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, chaqmoq chaqishi mumkin. Samarqand va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi kutilmoqda. Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz!”, deyiladi FVV bergan xabarnomada.

Har kungi ob-havo ma’lumotlari e’tiboringizga havola etib boriladi. Bizni kuzatishda davom eting.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kutilmoqda, O‘zbekiston, yog‘ishi, 4 avgust, do‘l | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя