Главная » 2017 » Апрель » 14 » ​4 yoshli bola otasining ko`z o`ngida mashina kabinasida yonib ketdi
08:25

​4 yoshli bola otasining ko`z o`ngida mashina kabinasida yonib ketdi


Qozog`istonning Pavlodar viloyati, Aksu shahrida 4 yoshli bola otasining ko`z o`ngida KamAZ mashinasi kabinasida yonib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Bolaning fojiali o`limini Pavlodar viloyati polisiyasi tergov qilmoqda. Polisiya hududiy departamenti bergan axborotga ko`ra, yonib ketgan yuk mashinasi shaxsiy tadbirkorlardan biriga tegishli bo`lgan. “Yuk ortilgan KamAZ korxonalardan birining hududida turgan. Halok bo`lgan bolaning otasi mazkur avtomashinaning haydovchisi bo`lgan. Uning aytishicha, yuk tushirayotganda, o`g`li o`tirgan avtomashina kabinasining yonayotganligini ko`rgan. Erkak bolasini qutqarishga harakat qilgan, ammo buning uddasidan chiqa olmagan. Mazkur voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Yong`in sabablari aniqlanmoqda”, - deb xabar berdi viloyat polisiya departamenti axborot xizmati. Yong`in oqibatida kabina butunlay yonib ketgan. Yong`in maydoni olti kvadrat metrni tashkil etadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kabina, ​4 yoshli bola, yonib ketdi, otasi, Mashina, koz ongida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя