Главная » 2020 » Июль » 11 » 55-o‘lim. Uyda davolanishga uringan yana bir bemor vafot etdi
09:46

55-o‘lim. Uyda davolanishga uringan yana bir bemor vafot etdi


O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Bu mamlakatdagi 55-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 50 yoshli R.Yu. (ayol) joriy yil 3 iyuldan 9 iyulgacha uy sharoitida davolanib yurgan. Nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygach, 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, ilk aniqlangan qandli diabet hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan. 

9 iyul kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

Bemor bir yildan buyon onkologik kasallik bilan og‘rib kelgan.Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Uyda davolanishga uringan, yana bir bemor, vafot etdi, 55-o‘lim | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя