Главная » 2017 » Февраль » 8 » 58 yoshli Madonna to‘rt yoshli egizak qizlarni asrab oldi
12:57

58 yoshli Madonna to‘rt yoshli egizak qizlarni asrab oldi


Madonna Malaviya Oliy sudining qaroriga ko‘ra, endilikda yana ikkita bolani asrab olish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda "Sky News" axborot agentligi xabar bermoqda.
 
Madonna qaror o‘qilayotgan payti sud zalida ishtirok etdi. Malaviya Oliy sudyasi Mlenga Mvula qo‘shiqchining yuzidagi tabassumga qo‘shimcha qilib, uning ikki farzandini darhol bag‘riga bosib suhbatlashish lozimligini ta’kidlagan. “To‘rt yoshli egizak qizlar – Eszer va Stella”, deb qo‘shimcha qildi u.
 
58 yoshli pop yulduz bundan oldin ham malavi millatiga mansub Devid Banda hamda Mersi Jeymslarni 2006 va 2009 yillarda ketma-ket asrab olgan edi.
 
Ma’lumot uchun, Madonna 2006 yil Afrika xalqlariga ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ko‘mak berish, aynan qizlarning hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga yordam berish maqsadlarida “Malaviya rivojlanishi uchun” nodavlat notijorat tashkilotini tuzgan.
 
Madonnaning oldingi turmushidan ham ikki nafar Lurdes va Rokko ismli farzandlari bor.

Alisher Ro‘ziohunov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Madonna, qizlarni asrab oldi, egizak | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя