Главная » 2020 » Июнь » 30 » 5 iyuldan avtomobillar harakati yana cheklanadi
13:45

5 iyuldan avtomobillar harakati yana cheklanadi


O‘zbekistonda karantin choralarining kuchaytirilishi ortidan “qizil” va “sariq” hududlarda avtotransport vositalari harakatlanishiga nisbatan yana cheklovlar o‘rnatilmoqda. 

O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga ko‘ra:

“sariq” hududlarda soat 06:00 dan – 22:00 ga qadar;

“qizil” hududlarda soat 07:00 dan – 10:00 gacha va 17:00 dan – 20:00 gacha avtotransport vositalarida harakatlanishga ruxsat beriladi.

Cheklovlar joriy yilning 1iyul kuni soat 00:01 dan boshlab kuchga kiradi. 

Eslatib o'tamiz, 30 martdan 20 aprelga qadar Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtomobillarda harakatlanish uchun Davlat xizmatlari markazlaridan maxsus stiker olish kerakligi belgilandi


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: avtomobillar harakati, yana, 5 iyuldan, cheklanadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя