Главная » 2020 » Сентябрь » 5 » 5 oylik karantindan so‘ng yotoqxonasiga qaytgan britaniyalik talaba dahshatga tushdi (foto)
10:29

5 oylik karantindan so‘ng yotoqxonasiga qaytgan britaniyalik talaba dahshatga tushdi (foto)


Britaniyada yashovchi Oluvajorj Jonson koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan karantindan so‘ng ijaraga olgan kvartirasiga qaytib keldi va dahshatga tushdi. Yigitning xonasi kaptar patlari, tuxumlari va chiqindilari bilan to‘lgan edi, deb yozadi Daily Mail.

20 yashar talaba deyarli olti oydan buyon Nottingemdagi o‘zi o‘qiyotgan universitet yotoqxonasida bo‘lmagan. U ota-onasining Londondagi kvartirasida karantinda qolib ketgan.

Unga “Xonadonlarga xizmat ko‘rsatish” tashkilotidan bir necha bor xat borganidan so‘ng talabalar turar joyiga qaytishga majbur bo‘lgan. Xatda aytilishicha, uning derazasi ochiq qolib ketgan xonasidan g‘alati tovushlar eshitilgan.

Xona ichida odamlarni yoqimsiz “syurpriz” kutardi. Ma’lum bo‘lishicha, xonani kabutarlar butunlay egallab olgan.

“Qaniydi, buni ko‘rmaganimda edi. Kechalari xotirjam uxlagan bo‘lardim”, − deb shikoyat qiladi Jonson.

U bir haftadan so‘ng talabalik kvartirasiga qaytishni rejalashtirgan edi. Ammo bunday vaziyatda qaytishni noma’lum muddatga qoldirayotganini qo‘shimcha qildi.

“Endi derazalarni hech qachon ochiq qoldirmayman. Afsuski ayrim buyumlar endi yaroqsiz”, − deydi Jonson.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: 5 oylik, yotoqxonasiga qaytgan, (Foto), Britaniyalik, dahshatga tushdi, talaba, karantindan so‘ng | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя