Главная » 2021 » Февраль » 27 » 60 soniyada uxlatadi: Uyqusizlikdan qiynalayotganlar uchun «4-7-8» usuli
21:28

60 soniyada uxlatadi: Uyqusizlikdan qiynalayotganlar uchun «4-7-8» usuli


Arizona shtati universiteti (AQSh) xodimi, integrativ tibbiyot bo‘yicha mutaxassis Endryu Vayl 60 soniya ichida uxlab qolishning oddiy va samarali usulini tavsiya qildi. Buning uchun «4-7-8» usulidan foydalaning, dedi u.

«Erkin nafas olish» deb ham ataluvchi ushbu texnikaga muvofiq, siz to‘rt soniya davomida burun orqali sekin nafas olishingiz kerak, so‘ngra yetti soniya nafasingizni ushlab turing va sakkiz soniya davomida tekis chiqaring. To uxlamaguncha, bu ketma-ketlikni takrorlayverish kerak ekan. Vaylga ishonadigan bo‘lsak, uch marta takrorlashning o‘zi yetarli, endi gap buni sinab ko‘rishda.

Vayl ta’kidlashicha, hind yogalari ham meditatsiya paytida ritmik va chuqur nafas olish mashqlarini bajarishadi. Bu nafaqat uyqusizlik, shuningdek, stressdan xalok bo‘lishda ham ko‘maklasharkan.

«Yarim tunda uyqungiz qochib ketganida, yana uyquga qaytish uchun bu eng yaxshi usul», — qo‘shimcha qildi Endryu Vayl.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: uxlatadi, qiynalayotganlar, Uyqusizlikdan | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя