Главная » 2020 » Февраль » 25 » 6-sinf o‘quvchisiga shilqimlik qilgan shaxs jazoga tortildi
20:11

6-sinf o‘quvchisiga shilqimlik qilgan shaxs jazoga tortildi


Joriy yilning 23 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda Namanganda pedofil qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarga video ham ilova qilingandi.

Namangan viloyati IIB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, videotasvir yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

Namangan shahrida yashovchi fuqaro N.O. 2020 yil 11 fevral kuni kech soat 18:00 lar chamasida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan avtomashinasini boshqarib ketayotib, Namangan shahar Mustaqillikning 5 yilligi MFY Charxpalak ko‘chasi boshida 6-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan R.O. va uning sinfdoshlarini ko‘rib, ularni to‘xtatadi. Ularga yo‘li shu tomondaligi va yo‘l-yo‘lakay qizlarni tashlab qo‘yishini aytgan hamda avtomashinasida qizlarni manzillariga tashlab, voyaga yetmagan R.O.ga esa pul berib, uni ismini so‘ragan. Shu vaqtda qo‘rqib ketgan R.O. shovqin ko‘targan. Buni eshitgan yaqin atrofdagi odamlar ichki ishlar bo‘limiga xabar berishgan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergov surishtiruv ishlari va guvohlarning ko‘rsatmasi natijasida fuqaro N.O. voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilib, jamoat tinchini buzgani aniqlandi.

2020 yil 12 fevral kuni Norin tumani ma’muriy sudi tomonidan Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB binosida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida fuqaro R.O. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, jarima jazosi tayinlangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя