Главная » 2020 » Ноябрь » 15 » 7 raqami haqida qanday ajoyibotlar borligini bilasizmi?
12:17

7 raqami haqida qanday ajoyibotlar borligini bilasizmi?


Ko‘pchilik 7 raqamining “shaydosi”. Yangi avtomobil xarid qilgan kishidan “Qaysi raqamni olgan bo‘lardingiz?” deb so‘rasangiz, ko‘pchiligi uchta yettiga ega bo‘lishni xohlaydi. Mashhur futbolchilarning ko‘pchiligi shu raqamda maydonda to‘p suradi. Ko‘pgina xalqlarda 7 soni xosiyatli raqam hisoblanadi. Xullas, hayotda shu raqam bilan bog‘liq bir qancha ajoyibotlar mavjud. 7 kun, 7 mo‘’jiza, 7 xazina, 7 avlod, 7 iqlim, 7 rang, 7 sayyora, 7 dengiz, 7 farz va boshqalar. Quyida mashhur yettiliklarni e’tiboringizga havola etamiz.

Dunyoning yetti mo‘’jizasi:
1. Misr ehromlari;
2. Bobil osma bog‘lari;
3. Artemida ibodatxonasi;
4. Galikarnas dahmasi;
5. Zevs haykali;
6. Rodosdagi haykal;
7. Iskandariya mayog‘i.

O‘rta asrlarning yetti mo‘’jizasi:
1. Rim kollizeyi:
2. Iskandariya yer osti yo‘llari;
3. Buyuk Xitoy devori;
4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi;
5. Stounhenj;
6. Piza minorasi;
7. Nanjing budda ibodatxonasi.

Dunyoning yetti tabiiy mo‘’jizasi:
1. Everest cho‘qqisi;
2. Katta Barriyer rifi;
3. Grand Kan’on;
4. Viktoriya sharsharasi;
5. Rio de Janeyro bo‘g‘ozi;
6. Paricutin vulqoni;
7. Shimoliy ko‘llar.

Etti xazina:
1. Sigir – ro‘zg‘orning qassobi va baqqoli;
2. Asalari – oilaning tabibi;
3. Ipak qurti – qizlarning sepi;
4. Objuvoz – qozonning yog‘i;
5. Tegirmon – qorinning belbog‘i;
6. O‘rmon – imorat “suyagi”, qozon ­ olovi;
7. Tovuq – ham obiyovg‘on, ham dori-darmon.

Hafta kunlari:
dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba.

Moddalarning yetti ko‘rinishi:
qattiq, suyuq, gazsimon, plazma, neytron, epiplazma, fizik vakuum holati.

Etti musiqiy nota: do, re, mi, fa, sol, lya, si.

Etti avlod:
farzand, nevara, chevara, evara, pannevara, ovora, begona.

Etti iqlim: ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik, mo‘’tadil, subarktik, arktik.

Etti rang: oq, sariq, qizil, qora, ko‘k, yashil, apelsin.

Etti sayyora: Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, o‘zaro harakatlariga bog‘liq deb tushunganlar. Ular:

Quyosh – Kuch-g‘ayrat ramzi;
Oy – Dilbarlik ramzi;
Mars – Jangu jadal timsoli:
Merkuriy – Donolik ramzi;
Yupiter – Baxt ramzi;
Venera – Sevgi ramzi;
Saturn – Dehqonchilik ramzi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: ajoyibotlar, raqami | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя