Главная » 2020 » Май » 27 » 80 yil hech narsa yemagan va ichmagan yogachi vafot etdi
22:01

80 yil hech narsa yemagan va ichmagan yogachi vafot etdi


Hindistonda o‘zining so‘zlariga ko‘ra, 8 yoshidan beri hech narsa ichmagan va yemagan taniqli yogachi Prahlad Jani 90 yoshida vafot etdi.

Jani 1929 yilda Gujaratda tug‘ilgan. Yetti yoshida qishlog‘ini tashlab, o‘rmonda yashash uchun ketgan, sakkiz yoshida yeb-ichishni to‘xtatgan, 12 yoshida g‘ayrioddiy ruhiy tajribaga ega bo‘lgan va Amba ma’budasi tarafdoriga aylangan. Uning sharafiga qizil rangli ayollar sarisini kiyishni boshlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sari orqali ma’buda unga g‘ayrioddiy kuch orqali ovqatlanmaslik va ichmaslik, o‘nlab kilometr yurish hamda bir oy davomida meditasiya qilish imkoniyatini bergan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, olimlar va shifokorlar yogachini ikki marta - 2003 va 2010 yillarda o‘rganishgan. 10 kunga izolyatorga yotqizib, kuzatib turishgan va natijada haqiqatan ham uning hech narsa yemasligi ma’lum bo‘lgan. Hojatxonaga ham bormagan. Jani bilan ko‘rishgan hindistonlik harbiy shifokorlar ham shunga o‘xshash xulosaga kelishgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vafot etdi, ichmagan, yogachi, hech narsa, yemagan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя