Главная » 2018 » Февраль » 7 » 8-fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
20:28

8-fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?


8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida havo o‘garib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqadan senkundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markaziga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Toshkentda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi 6—8 daraja sovuq, kunduzi 3—5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 9—14, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarining ba’zi joylariga tuman tushishi mumkin. Kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab ayrim joylarda kechasi 10—15, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 2—7, ba’zi joylarda 8—10 darajagacha sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 2—7, ayrim joylarda 8—10 darajagacha sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 12—17, kunduzi 8—13 daraja sovuq bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo, 8-fevral | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя