Главная » 2017 » Апрель » 20 » 8 ta oyoq bilan tug‘ilgan chaqaloq 3 marta operatsiya qilindi
09:29

8 ta oyoq bilan tug‘ilgan chaqaloq 3 marta operatsiya qilindi


Hindistonda 8 ta oyoq bilan tug‘ilgan iroqlik 7 oylik chaqaloq operatsiya qilindi. Bu orqali jarrohlar tug‘ma nuqson bilan tug‘ilgan chaqaloqqa yangi hayot hadya etishdi. Bu haqda “Indian Express” nashri xabar tarqatdi.

Karam ismli chaqaloqqa polimeliya tashxisi qo‘yilgandi. Uning ortiqcha oyoqlari oshqozonida rivojlangan. Bolakay ilk marta shifoxonaga olib kelinganida 2 haftalik edi. Jarrohlar barcha xavf-xatarlarni o‘rganib chiqib, operatsiyani 3 bosqichda amalga oshirishga qaror qilishdi.

Avvaliga uning ortiqcha oyoqlari olib tashlandi. Keyingi bosqichda shifokorlar yurak qon-tomir tizimi ustida jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi. Uchinchi bosqichda yana ortiqcha tana a’zolari olib tashlandi.

Jarrohlar faqatgina ortiqcha a’zolarni olib tashlamay, balki chaqaloqning jismoniy nuqsonlarini ham to‘ldirishdi. Karamning oyoq shakli, qaddi to‘g‘irlanib, olib tashlangan oyoq mushaklari rivojlanmay qolgan chap oyog‘iga ko‘chirib o‘tkazildi.

Shifokorlar operatsiyalar orasidagi tanaffus muddati davomida chaqaloqning salomatligini doimiy nazorat qilib turishdi. So‘nggi jarrohlik amaliyoti ham muvaffaqiyatli o‘tib, bolakay sog‘lom holatda uyga qaytdi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bilan, operatsiya qilindi, 8 ta, 3 marta, Chaqaloq, tug‘ilgan, oyoq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя