Главная » 2021 » Июнь » 18 » 90 yoshli ayol Yaponiyada yulduzga aylandi
16:57

90 yoshli ayol Yaponiyada yulduzga aylandi


Takisima Mika Yaponiyaning eng yoshi ulug‘ fitnes murabbiyi hisoblanadi. Hayotda faol va xushchaqchaq Takisima chinakamiga Yaponiyaning yulduziga aylangan.

U 70 yoshni qarshilaganda to‘satdan turmush o‘rtog‘i uning vaznini tanqid qilib, uni tashlab ketadi. Tushkunlikka tushmagan kampir alamini sport zalidan olishni boshlaydi.

Oradan 5 yil o‘tib Mika xonim 15 kilo vazn tashlaydi. Ammo hayotining mazmuniga aylangan sport fitnessini tashlay olmaydi. 87 yoshda u o‘zini murabbiy sifatida sinab ko‘radi.

Hozirgi kunda Takisima oyiga bir marta onlayn-mashg‘ulot o‘taydi. Uning guruhida 20 nafar 40dan 60 yoshgacha bo‘lgan odamlar bor.

«Birorta ishni boshlash hech qachon kech emas» – deydi Takisima Mika.

Uning falsafasida yosh bu shunchaki raqam. 90 yoshli nafaqaxo‘r doimo kun tartibiga rioya qilib keladi. Bu uning organizmini saqlashga xizmat qilishini ham biladi. Sportchi kampirning kun tartibiga ko‘ra, u tunggi soat 23larda yotib, tonggi soat 3larda uyg‘onadi. To‘rt soatlik uyqudan so‘ng onaxon yugurishga otlanadi. Ertalabki badantarbiya teskari yurish bilan yakunlanadi.

U nonushtada to‘yib ovqatlanadi. Tushlikka esa yengilroq taom tanovvul qilib, so‘ng mashg‘ulotlarga zo‘r beradi. Kechki taomdan keyin Mika xonim yana mashq qiladi hamda kompyuter oldida ingliz tilidan dars qiladi.

Kunchiqar mamlakatda Takisima Mika ancha mashhur shaxs. U ko‘plab odamlarni sport bilan shug‘ullanishiga sababchi bo‘lgan. Nafaqadagi ayolning yagona orzusi 100 yoshda ham fitnesdan murabbiy bo‘lib qolib, ko‘p insonlarga foyda keltirish.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Yaponiyada, yulduzga, Ayol | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя