Главная » 2017 » Август » 23 » Abdulaziz Komilov Hindiston Bosh vaziri maslahatchisi bilan uchrashdi
14:27

Abdulaziz Komilov Hindiston Bosh vaziri maslahatchisi bilan uchrashdi


22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Dehli shahrida Hindiston Respublikasi Bosh vazirining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ajit Kumar Doval bilan uchrashdi. Bu haqda TIV saytida xabar berildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvning kun tartibidagi asosiy masala bo‘lgan mintaqadagi holat va Afg‘onistondagi vaziyatning o‘zgarishi yuzasidan fikrlar almashildi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindistonga qilgan ishchi tashrifi doirasida Dehli shahridagi Hindiston Milliy muzeyida bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Zohirshoh Jo‘raev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bosh vaziri maslahatchisi bilan uch, Abdulaziz Komilov, Hindiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя