Главная » 2020 » Май » 1 » Abdulla Aripov toshqin bo‘lgan joyga yetib borgan. Sirdaryodagi hodisa bo‘yicha yangi ma'lumot berildi
11:55

Abdulla Aripov toshqin bo‘lgan joyga yetib borgan. Sirdaryodagi hodisa bo‘yicha yangi ma'lumot berildi


Sardoba suv ombori atrofidagi mahallalardan 11,5 ming kishi evakuatsiya qilindi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

FVV xabariga ko‘ra, bunda suv asosan ekin maydonlariga zarar yetkazgani ma'lum bo‘ldi. Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga (FVDT) kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Sardoba tumani «Qo‘rg‘ontepa» MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yashash punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. «Qo‘rg‘ontepa», «Do‘stlik», «Yurtdosh» MFYdan jami 11598 nafar aholi shular jumlasidan. 

Bundan tashqari, suv bosish xavfi bo‘lgan «Quytosh» MFY, «Ota yurt» MFY va «Birlik» MFYdan aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda. 

Ayni vaqtda Oqoltin tumani «Abdualim» MFY aholisini Sardobaga evakuatsiya qilish ishlari boshlangan.

Voqea joyiga bosh vazir Abdulla Aripov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari yetib borib, evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib bormoqda.

Mazkur tadbirlarga Sirdaryo viloyati FVBdan 430 shaxsiy tarkib va 5 avtotexnika, Jizzax viloyati FVBdan 120 shaxsiy tarkib, 6ta avtotexnika, MVBRQMdan 60 shaxsiy tarkib, 6ta avtotexnika, Milliy Gvardiyadan 276 shaxsiy tarkib, 43 avtotexnika hamda hududiy FVDT xizmatlari jalb etildi.

Jabrlangan va halok bo‘lganlar bo‘yicha ma'lumot kelib tushmagan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Abdulla Aripov, toshqin, Sirdaryodagi, ma'lumot berildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя