Главная » 2016 » Ноябрь » 10 » Abdulla Oripov so‘nggi manzilga kuzatildi
20:05

Abdulla Oripov so‘nggi manzilga kuzatildi


O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning jasadi bugun, 10 noyabr kuni AQShdan Toshkentga olib kelindi. Avvalroq, bugun soat 11:00da shoirning Do‘rmondagi xonadonida janoza o‘qilishi, 13:00da esa marhum Toshkentdagi “Chig‘atoy” qabristoniga dafn etilishi haqida xabar bergan edik.
 
Bugun Abdulla Oripovning mahallasi odamlar bilan to‘lib toshdi. Shoirni so‘nggi manzilga kuzatish uchun qarindoshlari, do‘stlari, shoirlar, yozuvchilar, madaniyat va san’at olami vakillari, davlat va jamoat tashkilotlarining xodimlari jam bo‘lishdi.
 
Marhumning jasadi ortilgan tobut qo‘lma-qo‘l qilingancha “Chig‘atoy” qabristoniga eltildi.
 
Furtsadan foydalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Abdulla Oripov, so‘nggi manzilga kuzatildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя