Главная » 2017 » Май » 10 » Abdulla Qurbonov bir o`limdan qolgani haqida so`zlab berdi
18:44

Abdulla Qurbonov bir o`limdan qolgani haqida so`zlab berdi


“Darakchi” gazetasining “10 qaltis savol” loyihasining navbatdagi mehmoni xonanda Abdulla Qurbonov.

Xonanda qaltis savollarga javob berar ekan, bundan bir necha yil avval bir o`limdan qolgani haqida gapirdi.

“Otimni o`lishini bilganimda, bir qop kepakka almashgan bo`lardim”, deyishgan. Boshimga tushgan sinov haqida ham ‘Beayb Parvardigor, har bandada bir ayb bor. Meni aybim to`qligimdir, to`qligimdan sho`xligimdir’ misrali qo`shiq hozirlayapman. Bir yomonning yaxshisi bor. 2013 yil chet elda yashaydigan do`stim Jaloliddin bilan qo`ng`iroqlashdim, oktyabrda ikkovimiz oilamiz bilan bir oy kemada sayr qilishga kelishdik. Rafiqam, to`rt farzandimni olib, Floridadagi Disneylendga olib borishni ham reja qilib, bir yilga viza oldik. Lekin 27 avgust tarix zarvaraqlarida emas, yuragimda o`chmas dog` bo`lib qoldi. O`sha sanada menga nisbatan jinoiy ish ochilib, chet elga borolmaganmiz...Radioda esa biz sayr qilishni reja qilgan kema halokatga uchraganini eshitdim, oilam bilan bir o`limdan qolganman-da”—deydi Abdulla Qurbonov.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Bir, Abdulla Qurbonov, olimdan qolgan, sozlab berdi, haqida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя