Главная » 2020 » Июль » 14 » Abdurayim Abduvahobovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani oydinlashdi
16:17

Abdurayim Abduvahobovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani oydinlashdi


Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor Abdurayim Abduvahobov olamdan o‘tdi. Ma’lumotlarga qaraganda, marhumning o‘limiga qandli diabet kasalligi sabab bo'lgan.

Bugun Abduvahobovga tegishli ekanligi aytilgan audio xabar tarmoqlarda tarqatildi. Unda aktyor yaqinlaridan, hamkasblaridan va shogirdlaridan rozilik so‘ragan, kimnidir xafa qilgan bo‘lsam uzr degan. Ovozdagi horg‘inlikdan ushbu audio o‘limidan biroz oldin yozib olinganini sezish mumkin.

Eslatish o‘rinli, 1963 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan aktyor shu kungacha 28 ta kino loyihasida ishtirok etgan. Uzoq yillardan beri O‘zbek akademik va drama teatrida ishlab kelayotgan edi.

Har qanday o‘lim bizni tafakkur qilishga, o‘zimizni o‘nglashga chorlaydi. Fursat g‘animat.

Jamoamiz nomidan Abdurayim Abduvahobovning oila a’zolariga ta’ziya izhor qilamiz. Alloh rahmatiga olsin.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: o‘limiga, oydinlashdi, nima sabab bo‘lgani, Abdurayim Abduvahobovning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя