Главная » 2020 » Июнь » 13 » Abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin
09:11

Abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin


Joriy yilda abituriyentlar 5 tagacha oliy ta’lim muassasiga hujjat topshirishi mumkin bo‘ldi. Bu haqda Oliy va shrta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi

Bundan tashqari, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda – Davlat xizmatlari markazlari orqali. 

Barcha hududlarda:

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: abituriyentlar, ta’lim yo‘nalishini, tanlashi mumkin, 5 tagacha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя