Главная » 2021 » Июль » 30 » Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi
22:55

Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi


2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga «Abituriyent ruxsatnomasi»ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo‘lgan botlar ham mavjud.

Test sinovlari 5-avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4-avgust sanasiga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport (ID-karta) bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ruxsatnomalar, abituriyentlarga | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя