Главная » 2020 » Сентябрь » 12 » Abituriyentlarni o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh qilindi
12:10

Abituriyentlarni o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh qilindi


Ayni kunlarda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tyapti. Bu vaqtda abituriyentlarni pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladigan “uddaburonlar” uchrab turishi ko‘p yillaran beri davom etayotgan holat. Huquq-tartibot idoralari tomonidan shunday jinoiy harakatlarning bir nechtasi fosh qilindi.

Xususan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi umumta’lim maktablaridan birining matematika fani o‘qituvchisi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 4 nafar abituriyentni Samarqand tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Bu xizmati evaziga ularning har biri uchun 12 ming AQSH dollaridan, jami 48 ming AQSH dollari talab qilgan.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxs kelishilgan puldan 40 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Samarqand pedagogika kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi, 1975 yil Ishtixon tumanida tug‘ilgan shaxs esa aldov yo‘li bilan mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida joylashgan “Miras” universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun undan 5500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Jizzax shahridagi oilaviy poliklinikalardan birida bolalar shifokori bo‘lib ishlovchi, 1993 yil tug‘ilgan shaxs mahalliy fuqaroni Jizzax davlat pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirishiga yordam berishini aytib, evaziga 8 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida DXX Jizzax viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Dastlabki surishtiruv davomida, u ushbu pul mablag‘ini Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida shifokor bo‘lib ishlovchi, 1988 yil Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan hamtavog‘iga berishi lozimligini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng tezkor tadbir Toshkent shahrida davom ettirilib, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi shifokori jinoiy sherigidan 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Qo‘qon davlat pedagogika institutining yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullaridan biri mahalliy fuqarodan uning tanishini mazkur oliy o‘quv yurtining “Jismoniy madaniyat” fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 3000 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Dastlabki surishtiruv davomida, u ushbu pul mablag‘ini institut fakultetlaridan birining dekaniga berishi lozimligini aytdi va tezkor tadbir davom ettirilib, fakultet dekani ham 3 ming AQSH dollarini olgan paytida qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ushbu ishlarga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: abituriyentlarni, O‘qishga kiritib qo‘yish, firibgarlik, fosh qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя