Главная » 2021 » Апрель » 17 » Abror Muxtor Aliy ma’ruzalari bo‘yicha aholiga ogohlantirish berildi
16:52

Abror Muxtor Aliy ma’ruzalari bo‘yicha aholiga ogohlantirish berildi


Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Abror Muxtor Aliyning “aayollar uradigan erkaklarni yoqtirishi” haqidagi ma’ruzasi tarqalgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Matbuot xizmati holat yuzasidan ogohlantirish berdi. 

Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Matbuot xizmatida o‘rindoshlik asosida faoliyat yurituvchi Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov)ning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chiqishlarini muallifning shaxsiy qarashlari sifatida qabul qilinishi so‘ralgan.

“Texnik nuqtai nazardan ekspertizaga muhtoj va ko‘rinishidan bayonotning bir qismi bo‘lgan chiqishda aytilgan fikrlar ham diniy, ham dunyoviy tomondan keskin tanqidga loyiq”, deyiladi xabarda. 

Matbuot xizmatiga ma’lum qilinishicha, Abror Muxtor Aliy o‘z chiqishiga izoh bergan va ayollardan uzr so‘ragan. Unga bundan buyon chiqishlari mavzusiga va mazmuniga alohida e’tibor berish tavsiya qilingan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Abror Muxtor Aliy, ma’ruzalari, ogohlantirish, aholiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя