Главная » 2020 » Июль » 7 » «Abu Saxiy» yopildi, bozorda virusga chalinganlar aniqlangan
13:43

«Abu Saxiy» yopildi, bozorda virusga chalinganlar aniqlangan


Toshkentdagi «Abu Saxiy» bozori xodimlari va bozor hududida savdo qiluvchi tadbirkorlar orasida virusga chalinganlar aniqlangani tufayli bozor vaqtincha yopildi. Bu haqda Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

«6 iyul kuni yurtimizda  koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan rejali profilaktik tadbirlar davomida Chilonzor tumanida  joylashgan Tashkent Trade Center (Abu Saxiy) savdo markazi  ma'muriyati ishchilari va bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi.

Test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi. 

Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, Tashkent Trade Center savdo markazi profilaktika tadbirlarini o‘tkazish uchun vaqtincha yopildi», deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Sog‘liqni saqlash vazirligi 29 iyun kuni ham «Abu Saxiy» savdo markazi xodimida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandi, ammo savdo markazi faoliyati davom ettirilayotgandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: virusga chalinganlar aniqlangan, «Abu Saxiy» yopildi, bozorda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя