Главная » 2017 » Июнь » 26 » Afg‘onistonda dahshatli portlash sodir bo‘ldi
18:07

Afg‘onistonda dahshatli portlash sodir bo‘ldi


Afg‘onistondagi Xelmand viloyatining Lashkargoh shahrida “Qobil yangi banki” filiali yonida avtomobil portladi. Natijada so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 34 kishi halok bo‘lgan, 60 nafari esa jarohatlangan.

Ta’kidlanishicha, avtomobilga bomba o‘rnatilgan bo‘lgan. Gubernator vakili Omar Zvakning ma’lum qilishicha, qurbonlar va yaralanganlar orasida tinch aholi bilan birga harbiy xizmatchilar ham bor. Barcha jarohatlanganlar shahar shifoxonasiga olib kelingan.

Bundan tashqari, jangarilar bankka hujum qilgani haqida ham ma’lumot tarqalgan. Zvakning so‘zlariga ko‘ra, “qo‘riqchilar portlashdan so‘ng o‘t ochishgan”.

Sumbula

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: dahshatli portlash, sodir bo‘ldi, Afg‘oniston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя