Главная » 2017 » Июль » 24 » Afg‘onistonda dahshatli terakt: Ko‘plab insonlar halok bo‘ldi
18:24

Afg‘onistonda dahshatli terakt: Ko‘plab insonlar halok bo‘ldi


Bugun, 24 iyul kuni Afg‘oniston poytaxti Qobulda kuchli portlash kuzatildi.

“Tolibon” jangarilari uyushtirgan terakt natijasida 35 kishi halok bo‘ldi. Undan tashqari yana 42 kishi turli xil tan jarohatlari olish oqibatida shifoxonaga yetkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, portlash hudkush terrorchi joylashgan boshqaruvidagi avtomobil shahar hokimi o‘rinbosari Muhammad Muhakika uyiga yaqin bo‘lgan olomon gavjum joyda portlagan.

Hozirda voqea joyida, polisiya va tez tibbiy yordam brigadasi ish olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda so‘nggi kunlar “Tolibon” hamda IShID terrorchilik guruhi mamlakatning ko‘zga ko‘ringan shaharlarida turli teraktlar va xunrezliklarni amalga oshirib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” guruhining Kandalan provinsiyasiga uyushtirgan hujumi natijasida 16 kishi, jumladan, 10 nafar harbiy askar va 6 nafar polisiya xodimi qurbon bo‘lgandi.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: dahshatli terakt, halok bo‘ldi, Insonlar, Afg‘onistonda, Ko‘plab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя