Главная » 2020 » Июнь » 27 » Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
10:33

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi


Bugun, 27 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:33 da (Grinvich bo‘yicha 04:33 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik kuzatuvi Respublika markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha,  zilzila 36,6 gradus shimoliy kenglik va 69,86 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan. Yer silkinishining kuchi 5 magnituda, deb baholangan. Tabiiy ofatning o‘chog‘i 100 km chuqurlikda joylashgan.

“Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 522 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha joylashgan”, deyiladi xabarda. 

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Farg‘ona: 453 km, 2 to‘p.

Guliston: 443 km, 2 to‘p.

Jizzax: 429 km, 2 to‘p.

Samarqand: 424 km, 2 to‘p.

Termiz: 240 km, 3 to‘p.

Qarshi: 437 km, 2 to‘p.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sodir bo‘lgan, Afg‘onistonda, O‘zbekistonda sezildi, zilzila | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя