Главная » 2017 » Апрель » 15 » Afg‘onistondagi portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi
21:12

Afg‘onistondagi portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi


Afg‘oniston janubidagi Helmand viloyatida furgon minaga tushib, portladi. “Kommersant” xabariga ko‘ra, portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan.

AFP axborotiga ko‘ra, portlash yo‘lovchilar chekka Nava tumanidan viloyat markazi — Lashkargohga ketayotgan vaqtda yuz bergan.

“Furgon bortida bo‘lganlarning bari halok bo‘lgan”, — deydi hukumat vakili Umar Jvak. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha noma’lum.

Helmand politsiyasi rahbari yuz bergan hodisada “Tolibon” harakati vakillarini aybladi. Uning fikricha, yo‘l undan tez-tez foydalanib turadigan Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga zarar yetkazish maqsadida minalashtirilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: portlash, halok bo‘ldi, Afg‘oniston, 11 kishi, kamida, oqibatida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя