Главная » 2020 » Март » 28 » Afrikada karantin qoidasini buzgan odamni timsoh yeb qo‘ydi
13:34

Afrikada karantin qoidasini buzgan odamni timsoh yeb qo‘ydi


Ruandaning Kamoni shahrida yashovchi fuqaro timsoh o‘ljasiga aylandi. Ma’lum bo‘lishicha, u hukumat belgilagan karantin qoidlarini buzib, baliq oviga borgan va u yerda unga timsoh hujum qilgan. Bu haqda "New York Post" nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 25 mart kuni ismi-sharifi noma’lum kishi Nyabarongo daryosiga baliq oviga borgan. U yerda unga timsoh hujum qilgan. Natijada odam timsohning o‘ljasiga aylangan.

"U virus tarqalishini oldini olish uchun o‘rnatilgan karantinga rioya qilmagan", deydi Kamoni meri Elis Kayitesi.

Ma’lumot uchun, Ruandada shu kungacha koronavirus infeksiyasining 40 ga yaqin holati qayd etilgan.  Mamlakatda qattiq izolyatsiya rejimi joriy etilgan.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 177 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 598 251 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 27 762 nafari vafot etgan, 131 777 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 437 488 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 413 928 nafari yoki 95 foizi qoniqarli ahvolda, 23 560 nafarining ahvoli og‘ir.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя