Главная » 2020 » Январь » 12 » Afsona: ovqatlanish vaqtida suv ichish taqiqlanadi
14:27

Afsona: ovqatlanish vaqtida suv ichish taqiqlanadi


Haqiqatan ham bir stakan suv ovqat hazm qilinishini yomonlashtira oladimi yoki bu shunchaki to‘qimami? Quyida shu haqda ma'lumot beriladi.

Hazm qilish jarayoni aslida qanday ishlaydi?

Hazm jarayoni ovqat og‘iz bo‘shlig‘iga kirgan vaqtdan boshlanadi, chaynash va so‘lak fermenti yordamida aralashtiriladi va yumshatiladi. Ovqat hazm qilish oshqozonda uning sharbati ta'siri ostida davom etadi, so‘ng qisman hazm qilingan oziq-ovqat ingichka ichakka kiradi, u yerda safro kislotalari va hazm fermentlari ta'siriga uchraydi. Aynan shu bosqichda ozuqa moddalarining taxminan 75 foizi so‘riladi. Keyin so‘rilmagan har bir narsa katta ichakka kiradi va tanadan chiqariladi. Ovqat hazm qilishning butun jarayoni — chaynashdan tortib chiqarilishgacha — 24 soatdan 72 soatgacha davom etadi.

Suv hazm qilishga xalaqit berolmaydi

Suv hazm qilish jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin degan fikr bir necha sabablarga ko‘ra noto‘g‘ri hisoblanadi: 

  • Suyuqlikning oshqozonda so‘rilishi juda tez sodir bo‘ladi — 15-20 daqiqa ichida, demak uning oshqozon sharbatini suyultirishi ehtimoliy ta'siri qisqa muddatlidir.
  • Odatda, organizm ovqat iste'mol qilinishiga uning hazmi uchun zarur bo‘lgan miqdorda me'da shirasini ishlab chiqarish orqali javob beradi. 
  • Ovqat hazm qilish fermenti oshqozonda suv bor-yo‘qligidan qat'i nazar faqat ovqatga ta'sir qiladi.
  • Va nihoyat, oziq-ovqat (ayniqsa sabzavot va mevalar) va hatto oshqozon sharbati tarkibida suv bor, shuning uchun uning oshqozonda bo‘lishi tabiiydir va fiziologiyaga zid emas. 

– Iste'mol vaqtida ichimlik ichishga qarshi bo‘lganlar suyuqlikning so‘lak ajralishiga ta'sir qilishini ta'kidlashadi (ba'zi ichimliklar bu jarayonga sekinlashtirishi mumkin). Ammo so‘nggi tadqiqotlar natijasida olimlar hazm qilish sifati ishlab chiqarilgan tupukning hajmiga bog‘liqligini isbotlay olmadilar. 

Bundan tashqari, insonning ovqat hazm qilish tizimi iste'mol qilingan oziq-ovqat zichligiga moslashishga qodir. Bu shuni anglatadiki, suv oshqozon shirasini suyultiradi va ovqat hazm qilish jarayonini yomonlashtiradi degan fikr uydirmadan boshqa narsa emas.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tanovul vaqtida qabul qilingan suyuqlik oziq-ovqat hazm qilish tezligiga ta'sir qilmaydi va suyuq taomlar masalan smuzi yoki qattiqligicha va suv bilan iste'mol qilingan mevalarni hazm qilish uchun deyarli bir xil vaqt zarur bo‘ladi.

Suv hazm qilish jarayoni uchun foydalimi?
Aslida, ovqatlanish vaqtida suyuqlik ichish hazm qilishga yordam beradi — hech bo‘lmaganda chaynash va yutish bosqichida: suyuqlik ovqatni yumshatadi va uni qizilo‘ngachga olib boradi.

– Suv, qoida tariqasida, organizm uchun juda foydali. U oziq-ovqat mahsulotlarini parchalashga va ular tarkibidagi ozuqaviy moddalar so‘rilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, suv axlatni yumshatishga hissa qo‘shadi, bu orqali ich qotishi oldi olinadi. 

Demak, suv ichish kerakmi?
Ovqatlanishdan oldin bir stakan suv vaqtincha to‘yish hissini beradi (yuqorida aytilganidek, suv 15-20 daqiqa ichida so‘riladi), chunki oshqozonni to‘ldiradi. Bu yaxshimi yoki yomon, sizning maqsadlaringizga bog‘liq. Ovqatlanishdan oldin 1,5-2 stakan suyuqlik ichadiganlar, qoida tariqasida, kamroq taom iste'mol qiladi. Shu orqali vazn yo‘qotishni rejalashtirganlar uchun foyda bor deyish mumkin. Agar mushaklarning massasini orttirish niyatida va kechki ovqatga yuqori kaloriyali taom iste'mol qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ovqatlanishdan oldin ko‘p suv ichmaganingiz ma'qul. Ammo umuman olganda, chanqoqni bosish uchun ichilgan suv miqdori ovqat hazm qilish jarayoniga zarar bermaydi.

–  Shuningdek, ovqatlanishdan oldin oz miqdordagi suyuqlik iste'mol qilish og‘ir holatdagi keksa kishilar, masalan postprandial gipotenziyadan (ovqatdan keyin qon bosimining keskin pasayishi) aziyat chekuvchilarda yuz beradigan xavfli holatning oldini olishga xizmat qiladi. Buvingiznikiga tashrif buyurganingizda unga bir stakan suv quyib berishga erinmang. 

Xulosa
Ovqat paytida va undan keyin suv ichish zararli emas va ovqatlanishdan oldin 1-2 stakan suv ichish, agar siz ozroq ovqatlanishni va ozishni xohlasangiz foydali ham bo‘lishi mumkin.


Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя