Главная » 2020 » Январь » 19 » Agar har kuni bir daqiqadan turnikka osilib tursak, organizmimizda nimalar sodir bo‘ladi?
18:39

Agar har kuni bir daqiqadan turnikka osilib tursak, organizmimizda nimalar sodir bo‘ladi?


Bolaligimizda o‘yinqaroqlik qilib turnikka tortilganmiz-u lekin uning foydaliligi haqida deyarli bilmaganmiz. Keling, bugun bu mashg‘ulotning tanamiz uchun qanchalik foydali ekanligi haqida gaplashamiz. 

Xo‘sh, turnikka har kuni bir daqiqadan osilib tursak organizmda nimalar ro‘y beradi?

- Umurtqa qismidagi taranglikni yengillashtirib, belni bo‘shashtiradi. Bu, ayniqsa, sportchilar va turmush tarzi faol bo‘lmaganlar uchun foydali.  

- qiyshiq suyaklar tekislanadi.

- turli xil umurtqa kasalliklarining oldi olinadi.

- tayanch-harakat tizimidagi kasalliklar davolanadi.

- yelka va bel mushak tizimi mustahkamlanadi. 

- umumiy kuchni oshiradi.

Ko‘rib turganingizdek, bu mashg‘ulotning foydali tomonlari ko‘p. Bugungi kunda kattalar umurtqa pog‘onasi kasalliklariga ko‘p chalinishimoqda. Ularga ham turnikda tortilish foydali bo‘ladi. Bunda birinchi mashqlarni 10-15 soniyalik osilib turish bilan boshlash tavsiya qilinadi. Shu tarzda mashqni 1-1,5 daqiqagacha chiqarish yetarli bo‘ladi. Chunki ko‘p osilib turish salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mashg‘ulot o‘tkazish uchun kechki payt eng qulay vaqt hisoblanadi. 

Mashg‘ulot qoidasi
Mazkur mashqni kuchingizni oshirish uchun emas, profilaktika maqsadida qilayotganingizni unutmasligingiz kerak. Shuning uchun mashg‘ulot vaqtida belni iloji boricha bo‘sh tutish zarur. Asosiy yuk yelka va qo‘llarga tushishi kerak. Qo‘llar yelka kengligida ochilgan holatda osilish kerak. Boshni esa oldinga yoki orqaga tashlamasdan to‘g‘ri tutish lozim 


Manba: "xabardor.uz"
| Рейтинг: 2.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя