Главная » 2020 » Апрель » 17 » Agar velosipedda ishga qatnasangiz, yoningizda 3 xil hujjat bo‘lishi kerak – IIV
13:03

Agar velosipedda ishga qatnasangiz, yoningizda 3 xil hujjat bo‘lishi kerak – IIV


Bugun AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing o'tkazildi.

Brifingda quyidagi muhim ma’lumotlar berildi:

"Agar siz velosipeddan foydalanib ishga qatnayotgan bo‘lsangiz, yoningizda uch xil hujjat olib yurishingiz kerak:

  • – pasport,
  • – ish joyingiz guvohnomasi yoki mehnat daftarchasidan ko‘chirma,
  • – aynan karantin davrida ishga jalb etilganingiz haqida tashkilotdan biron-bir hujjat (ko‘pincha bu ma’lumotnoma ko‘rinishida bo‘ladi).

Boshqa maqsadlarda velosipeddan yoki skuterlardan foydalanish karantin qoidasini buzish hisoblanadi.

Respublika maxsus komissiyasining 13 apreldagi 18 bayonida ko‘rsatilganidek, agar ko‘chada piyodalar bemaqsad yurganlari aniqlansa, niqob taqqan yoki taqmaganlaridan qat’iy nazar, OGOHLANTIRIShSIZ, ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Savdo do‘konlari va dorixonalarda fuqarolarni ijtimoiy masofa, ya’ni 2 metr masofada bo‘lishlari ta’minlanishi shart!

Agar bunga rioya etilmasa, do‘kon egalari va xaridorlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi", dedi IIV vakili.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qatnasangiz, IIV, velosipedda, bo‘lishi kerak, hujjat, ishga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя