Главная » 2023 » Август » 5 » Аgrosubsidiya olish tartibi belgilandi
12:32

Аgrosubsidiya olish tartibi belgilandi


Аgrosubsidiya olish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi. Аgrosubsidiya agrar va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida ajratiladi. Buning uchun agrosubsidiya ajratishni tartibga soluvchi ishchi guruhga ariza bilan murojaat qilinadi. Ishchi guruh arizaga muvofiq agrosubsidiyaning tegishli turi boʼyicha bajarilgan ish va xizmatlarni (mahsulotlarni) joyiga chiqqan holda oʼrganib chiqadi hamda agrosubsidiyani ajratish yoki uni rad etish toʼgʼrisidagi xulosani vakolatli davlat organiga taqdim etadi.  Vakolatli davlat organi ishchi guruh xulosasini oʼrganib chiqib, xulosa kelib tushgandan boshlab 3 ish kunida agrosubsidiya oluvchi subʼektga subsidiya ajratilishi yoki ajratilmasligi toʼgʼrisida javob xati yuboradi. Soʼng vakolatli davlat organlari tomonidan 3 ish kunida agrosubsidiya oluvchi subʼektga subsidiya ajratish boʼyicha toʼlov hujjatlari Gʼaznachilik xizmati qoʼmitasiga joʼnatiladi. Gʼaznachilik xizmati qoʼmitasi toʼlov hujjatlarini olgach 1 ish kunida tegishli subsidiya summasini agrosubsidiya oluvchining bank hisobvaragʼiga oʼtkazib beradi.

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Аgrosubsidiya, belgilandi, olish, tartibi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя