Главная » 2020 » Январь » 10 » Ahmadboy Tursunboyevga tegishli mulklar savdosi: Ikki avtomobil va bir uy sotildi. Qolgan mulklar qayta auksionga chiqariladi
20:57

Ahmadboy Tursunboyevga tegishli mulklar savdosi: Ikki avtomobil va bir uy sotildi. Qolgan mulklar qayta auksionga chiqariladi


«E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida xalq orasida «Ahmadboy» nomini olgan Ahmadboy Tursunboyevga tegishli bo‘lgan, 2019 yilning dekabrida onlayn auksionga qo‘yilgan 10ta mol-mulkning 3tasi elektron onlayn-auksionlar orqali realizatsiya qilingani haqida ma'lumot berdi.

Mulklarning 3tasi ko‘chmas mulk, 7tasi esa avtotransport vositalari edi.

2019 yilning 30 dekabr kuni o‘tgan savdolarda Namunali loyiha asosida qurilgan uy-joy 182 mln so‘mga sotilgandi.

Bugun, 10 yanvar kuni o‘tkazilgan onlayn savdolarda 2ta avtotransport vositasi sotilgan.

Boshlang‘ich narxi 473 mln.so‘m bo‘lgan LAND CRUISER (PRADO) avtomobili savdolarda 539 mln so‘mga sotilgan.

CAPTIVA avtomobili esa 212,7 mln so‘mga baholangan.

Yana 7ta mulk – 2ta ko‘chmas mulk va 5ta avtomobil qayta auksionga chiqariladi.

«Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» DUK tomonidan bugungi kunda shaffof va ochiqlik tamoyillariga tayangan holda elektron onlayn-auksionlar tashkil etib kelinmoqda.

Ijro hujjatlari asosida realizatsiya qilingan mol-mulklardan tushgan mablag‘larning katta qismi jabrlanuvchilarga ular ko‘rgan zararni qoplash maqsad uchun sarflanadi», deyiladi deyiladi «Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» DUK xabarida.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя