Главная » 2019 » Декабрь » 26 » Ahmadboyning qimmat avtomobillari va uylari sotuvga qo‘yildi
20:56

Ahmadboyning qimmat avtomobillari va uylari sotuvga qo‘yildi


«E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida xalq orasida «Ahmadboy» nomini olgan Ahmadboy Tursunovga tegishli bo‘lgan 10ta mol-mulk onlayn auksionga qo`yildi. Mulklarning 3tasi ko‘chmas mulk, 7tasi esa avtotransport vositalaridir.

Jumladan, sotuvga qo‘yilgan avtomobillar ichida boshlang‘ich narxi 962 604 000 so‘m etib belgilangan CADILLAC ESCALADE, boshlang‘ich bahosi 473 048 000 so‘mlik LAND CRUISER (PRADO), shuningdek, CAPTIVA, ORLANDO, uchta LACETTI va uchta namunali uy sotuvga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, firibgarlik, noqonuniy moliyaviy piramida tashkil etish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topilib,  javobgarlikka tortilgan chinozlik  Ahmadjon  Tursunboyevdan («Ahmadboy») jabr ko‘rgan fuqarolar soni va ularga yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritilgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя