Главная » 2020 » Май » 24 » Aholi orasida koronavirus aniqlanayotgan uchta hududda 33 nafar bemor tuzaldi
17:41

Aholi orasida koronavirus aniqlanayotgan uchta hududda 33 nafar bemor tuzaldi


Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, Samarqand viloyatida 12 nafar hamda Navoiy viloyatida 8 nafar, jami 33 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Toshkent shahrida tuzalganlar 919 nafarga yetdi, davolanayotganlar esa 353 nafarni tashkil etmoqda. Samarqand viloyatida esa sog‘ayganlar 230 nafarga yetib, davolanayotganlar 94 nafar bo‘lib turibdi. Navoiy viloyatida darddan forig‘ bo‘lganlar 10 nafar, davolanayotgan esa 78 nafarni tashkil etmoqda.

Aholi orasidan koronavirus infeksiyasi aniqlanayotgan fuqarolar ham aynan ushbu uchta hudud: Navoiy va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu bois, ushbu hududlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda bemorlarni samarali davolash borasida qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Shunday qilib, bugun hozirga qadar 33 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2565 nafarga yetdi.
 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bemor, aniqlanayotgan, tuzaldi, aholi, Koronavirus, orasida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя